Parij Zaburi
Parij Zaburi (Parij. gr. 139) — 10-asr oʻrtalarida yaratilgan Zaburning yoritilgan qoʻlyozmasi. Hozirda Parij Milliy kutubxonasida saqlanadi. Bu Makedoniya Uygʻonish davrining eng mashhur qoʻlyozmasi hisoblanadi.
Parij Zaburi bezakli ramkada 14 ta toʻliq sahifali miniatyura bilan bezatilgan. Ular landshaftlar va meʼmoriy elementlarga eʼtibor berish bilan ajralib turadigan Eski Ahd syujetlarida qilingan. Qoʻlyozma tasvirlari qadimiy sanʼatga taqlid qilishi bilan ajralib turadi. Miniatyuralarga prototip vazifasini 4-asrning Iskandariya qoʻlyozmasi oʻynagan, ammo prototipning kelib chiqishini Kichik Osiyo bilan bogʻlovchi fikrlar ham mavjud[1][2].
Koʻpgina miniatyuralarda allegorik tasvirlar va timsollar mavjud (masalan, arfa chalayotgan Dovudning yonida, Melodiya timsoli tasviri qoʻyilgan, tun esa yonayotgan mash’ala va boshiga parda oʻralgan ayol sifatida tasvirlangan). Kechki antik sanʼatning stilizatsiyasi shunchalik ishonchli ishlanganki, uzoq vaqt davomida koʻplab tadqiqotchilar ushbu Zaburni 10-asrga qaraganda ancha oldinroq davrga bogʻlab kelgan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Лазарев В. Н.. История византийской живописи.
- ↑ „Давид, играющий на лире. Миниатюра «Парижской Псалтири»“. 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 13-sentyabr.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- VikiOmborda Парижская псалтырь mavzusi boʻyicha mediafayllar bor
- Zaxarova A. V. , Oreskaya I. A. Vizantiyskaya knijnaya miniatyura
- Vizantiyskoe iskusstvo v IX—XII vekax. Jivopis